Nima uchun MYU Sulsherni emas, Kerrikni tanladi?
14 jan 12:48
Yangiliklar
Nima uchun MYU Sulsherni emas, Kerrikni tanladi?
Bunga norvegiyalik mutaxassisning ushbu lavozimni uzoq muddatli loyiha sifatida ko'rgani sabab bo'lgan. Bu haqda jurnalist va insayder Devid Ornshteyn Sky Sports efirida malum qildi.
Manbaning so'zlariga ko'ra, Sulsher klubda yillarga mo'ljallangan to'liq qayta qurishni amalga oshirmoqchi bo'lgan, biroq bu mankunianliklar rahbariyatini qoniqtirmagan. Maykl Kerrik esa jamoani faqatgina joriy mavsum yakuniga qadar boshqarishga rozi bo'lgan.
Ornshteynning takidlashicha, "qizil iblislar" boshliqlari uchun Sulsher — o'tmish timsoli. Klub rahbariyati uning qaytishini orqaga tashlangan qadam sifatida baholagan bo'lishi mumkin. Kerrik borasida esa bunday tuyg'u ancha kamroq seziladi.
Eslatib o'tamiz, mankunianliklar Kerrik tayinlanganini seshanba kuni, 13 yanvar sanasida elon qilishdi. Sulsher esa 2018 yildan 2021 yilgacha jamoani boshqargan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar