Nima uchun "Manchester Yunayted" Rayoladan voz kechishi kerak?
14 apr 2018 20:00
Yangiliklar
Nima uchun "Manchester Yunayted" Rayoladan voz kechishi kerak?
2012 yilda agent Mino Rayola yarim himoyachi Pol Pogbani boshqa jamoaga olib ketishni so'raganida Ser Aleks Fergyuson bunga yo'q demagandi.
"Pol Pogba? Undagi agent dunyodagi eng yomoni. U bir qop ...", - degandi o'shanda Ser Aleks.
Albatta, "Yunayted"ning chempionlik ruhi singgan tarkibiga 19 yoshli Pogbaning keragi bo'lmagan. Biroq keyinchalik franciyalik futbolchi "Yuventus" tarkibida alo darajada o'yin namoyish etdi.
"Bir necha futbol agentlarini yoqtirmayman, Mino Rayola shular jumlasidan. Unga ilk tanishgan kunimdanoq ishonmaganman. Pogba bilan 3 yarim yillik shartnomamiz bor edi va uni yana bir yilga uzaytirishimiz ham mumkin bo'lgandi. Biroq o'rtaga Rayola aralashdi va olovni yondirib yubordi", - degandi Fergyuson.
2016 yilda Joze Mourino jamoaga kelganidan keyin uning agenti Jorje Mendesh orqali bir necha futbolchilarni jamoaga transfer qilindi. Rayola esa Zlatan Ibragimovich, Genrix Mxitaryan va Pol Pogbaning jamoasini o'zgartirishida muhim rol o'ynadi va portugaliyalik murabbiyning ishlarini engillashtirdi.
Pogbaning qaytishi esa o'sha vaqtda rekord 89,5 mln evroga tushdi. SHuningdek, uning transferi orqali Rayola 20 mln evro ishlab oldi. 7 mln evroga esa Mayamida bir vaqtlar AQSHning eng katta mafiyalaridan biri, mebel biznesi bilan shug'ullangan Al Kaponening uyini sotib oldi. Rayola esa o'z ishini bajaraverdi. Uning yana bir mijozi Romelu Lukaku o'tgan yozda jamoa tarkibiga kelib qo'shildi. Ibragimovich va Mxitaryanni mavsum yarmida boshqa jamoaga o'tkazib yubordi.
Keyinchalik uning boshqa mijozi katta tanqid qilindi. "Milan" darvozaboni Janluijji Donnarumma bilan bo'lgan holatni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Jamoa muxlislari maydonga soxta pullarni otishdi va "Dollarumma" degan bannerni ko'rsatishdi. Bunga aslida Rayola aybdor edi. Tomonlar yangi shartnoma imzolashi borasida xabar tarqagandi. Agent esa futbolchiga tazyiq o'tkazilganini aytdi. Endi u ushbu yozda futbolchini katta narxga pullab, boshqa jamoaga o'tkazib yubormoqchi.
"Jiji tanlab bo'lgan, uning qarorini hurmat qilaman. Agarda u qolishni istasa, uning iltimosini erda qoldirmayman, ketgisi kelsa, bu borada ishlayman. Fikrimcha, Jiji "Milan"ni tark etishi kerak", - dedi Rayola.
Rayolaning biznesi - futbolchilarni pullash, boshqa jamoaga transfer qilish. U qancha faol bo'lsa, shuncha ko'proq pul topadi. Pep Gvardiola ochiq-oydin shunday degandi: "Ikki oy oldin Rayola bizda Mxitaryan va Pogbani taklif etdi. Nima uchun?"
Gvardiolaning ayrim gaplari tufayli Rayolani tanqid qilishdi. Albatta, Pogba Mourino bilan janjallashayotgandi. Biroq bu uni jamoadan olib ketish kerak degani emas. Hozirgi "Manchester Yunayted" uchun esa Rayola muhim insonlardan biriligi ayon.
Muxlislar Ibragimovichni, Balotellini, Mxitaryanni, Donnarummani sevishadi, Maksvell, Eten Kapu, Zdenek Gereyra kabi futbolchilarni qattiq hurmat qilishadi. Biroq ular Rayolaning chizgan chizig'idan chiqishmaydi.
SHu boisdan Gari Nevill Rayolani ham tanqid qildi: "U hech kimni aldamasligi kerak. To'g'ri, u o'z ishini bajarmoqda. Biroq u Pogbaga yomon namuna bo'lmoqda".
Manchester derbisidan keyin Pogba-Mourino holatiga bo'lgan qarash o'zgardi. Mourino uni shu kunga asrab yurganligi bilindi. Pogba Rayola uchun o'ynamayapti, u dunyoning katta tarixga ega jamoalaridan biri - "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilmoqda. Buni esdan chiqarmasligi kerak. Rayola esa qaerda pul ko'p bo'lsa, o'sha erga yuguradigan insonligini ham yodda saqlash darkor.
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar