Nima uchun aynan Turkiyada yig'in? Antaliyadagi stadionlar va u erga yig'in uchun boradigan klublar haqida "Enda Tour" prezidenti SHamil Yashajan bilan suhbat
22 fev 2022 17:35
Yangiliklar
Nima uchun aynan Turkiyada yig'in? Antaliyadagi stadionlar va u erga yig'in uchun boradigan klublar haqida "Enda Tour" prezidenti SHamil Yashajan bilan suhbat
Ayni paytda "Dinamo", "Qizilqum", "Andijon" va "So'g'diyona" hamon Antaliyada. Qolgan klublarimiz esa allaqachon xorij yig'inlarini yakunlab ortga qaytishgan. "Championat.asia" saytidan ikki kishilik tarkib bilan Antaliyada klublarimiz yig'inini yoritish uchun bordik. Ikki hafta davomida imkon qadar jamoalarimiz mashg'ulotlari va o'rtoqlik o'yinlarini yoritishga harakat qildik.
"SAfarda" loyihamizning Antaliyadagi so'nggi soni tasvirga olingan "Dinamo" (Kiev) - "Paxtakor" o'yinidan so'ng "Enda Tour" kompaniyasi prezidenti janob Rejep SHamil Yashajan bilan intervyu uyushtirdik. Ko'plab klublarimiz aynan shu kompaniya orqali Antaliya yig'iniga borishdi. "Titanic Sports Complex" stadionida o'tgan suhbatni quyida etiboringizga havola etamiz.
- Assalomu alaykum, janob SHamil. Dastlab o'z kompaniyangiz haqida gapirib bersangiz.
- Bizning "Enda Tour" kompaniyamiz 1993 yildan buyon Turkiyaning Antaliya shahrida yig'inlar tashkil qilishni boshlagan. Nima uchun aynan bu shahar? Sababi ob-havo va logistika juda yaxshi, mehmonxonalar ko'p. Qish faslida butun Evropa va MDH davlatlarida sovuq bo'ladi, Antaliyada bu vaqtda havo ajoyib bo'ladi. Bundan tashqari, Istanbuldan ko'plab mamlakatlarga reyslar bor. Biz ishni boshlagan vaqtimizda Antaliyada 5-6ta stadion bor edi. Hozirga kelib 200dan ziyod FIFA standartiga mos bo'lgan xususiy futbol maydonlari mavjud, mashg'ulot maydonlarini hisobga olmagandi.
Bu yil masalan, Meksika U-17 terma jamoasi ham shu erda yig'in o'tkazdi. Nima uchun butun dunyodan jamoalar keladi? CHunki o'yinlar ko'p bo'ladi, mehmonxonalar ko'p, servis yuqori darajada, maydonlar sifatli va iqlimi ajoyib. Jamoalar Antaliyaga dam olgani emas ishlagani keladi. Qisqa qilib aytganda, Antaliya shahri futbol klublariga yig'in o'tkazish uchun eng ideal joy. Jamoalar nimani xohlashsa barchasini olishadi.
- Sizlar faqat Turkiyada yig'in tashkil etish bilan shug'ullanasizlarmi?
- Yo'q, kompaniyamizning Moskva, Kiev shaharlarida ham ofislari bor. Biz jamoalarga faqat Turkiya emas, Ispaniya, Kipr, BAA kabi davlatlarda ham yig'inlar tashkil etib beramiz. Antaliyada yozda yig'in o'tkazib bo'lmaydi deyishadi, ammo bu erdan u qadar uzoq bo'lmagan tog'li hududlarda yig'in o'tkazib kelishmoqda.
Yana bir narsani takidlashni istardim: Biz faqat futbol jamoalari uchun emas basketbol, velosport kabi boshqa sport turlari uchun ham yig'in tashkil etib beramiz. Turkiya sport turizmi dunyodagi birinchi raqam hisoblanadi.
Rejep SHamil Yashajan (suratda o'rtada).
- O'zbek jamoalari qachondan buyon sizning kompaniyangiz bilan hamkorlik qilib kelishmoqda?
- Adashmasam 1998 yildan boshlab. Dastlab "Paxtakor" klubi, keyinroq O'zbekiston terma jamoasi kelgandi. Mana bu yil bir yo'la 8ta o'zbek klubi bizning kompaniyamiz orqali Turkiyada yig'in o'tkazdi. Aytaylik qaysidir o'zbek klubi boshqa firma orqali kelsa ham agar bizdan qandaydir yordam so'rashsa biz bajonidil ularga yordam beramiz.
- Bitta o'zbek klubi 14 kun davomida Antaliyada yig'in o'tkazishi uchun taxminan qancha pul ketadi?
- Aniq bir summani ayta olmayman. Sababi mehmonxonalar boshqa-boshqa, deylik qaysidir jamoa kuni 75 evrolik xonalarda turadi, kimdir 200 evrolik xonalarda yashaydi. Germaniya va Rossiya klublari masalan qimmat mehmonxonalarda yashaydi. Har kim o'z byudjetidan kelib chiqqan holda mehmonxonalar tanlaydi.
- Yig'in davomida qaysi mehmonxonada yashash va qaysi maydonlarda mashg'ulot o'tkazishni kim hal qiladi? Klublarmi yoki kompaniya?
- Klub vakillari dekabr oyida Turkiyaga kelib stadion va mehmonxonalardagi sharoitlar bilan tanishishadi va tanlashadi. Uyog'iga barcha ishni biz bajaramiz.
- Bu yil qishki mavsumda Turkiyaga jami qancha jamoa yig'in o'tkazgani haqida malumot bormi? Faqat sizning kompaniyangiz orqali kelganlar emas, barchasi haqida so'rayapmiz.
- Dekabrdan aprel oyigacha Turkiyada jami 1000dan ziyod jamoalar yig'in o'tkazishadi. Dastlab turk va nemis klublari, keyinroq MDH va Boltiqbo'yi jamoalari, mart oyida Norvegiya, SHveciya va Daniya klublari kelishadi. Faqat kattalar emas bolalar va ayollar jamoalari ham yig'in o'tkazishadi.
- Nima uchun ko'plab o'zbek klublari aynan Turkiyani tanlashadi?
- Sababi Turkiyada ko'plab raqiblar bor. Aytaylik "Paxtakor" Kiev va Moskvaning "Dinamo" klublari bilan o'ynadi, boshqa qaerda bunday o'yin o'tkazish mumkin? Klublar yig'in davomida 4ta o'yin o'tkazishni istaydi, boshida biroz kuchsizroq, keyin kuchliroq va oxirida eng kuchli raqib bilan o'ynashni xohlaydi. SHu o'yinlar orqali o'z kuchlariga baho berishadi va o'z chempionatlaridan oldin kamchiliklarini ko'rib olishadi.
- Bu erda juda ko'p maydonlar bor va ularning holati ajoyib. Bitta maydonni ushlab turishga qancha pul ketadi?
- Biz maydonlarga o'z farzandimizdek qaraymiz. Hozir biz turgan stadion ("Titanik")da yanvar-fevral oyida 40ta o'yin o'tkazildi. O'yinlardan tashqari mashg'ulotlar ham o'tkazilganini yoddan chiqarmang. SHunga qaramay maydon yaxshi holatda. Va albatta biz futbol maydonini qanday qurish va uni qanday qilib yaxshi holatda ushlab turishni bilamiz. Bitta maydonni bir yil davomida o'g'itlash uchungina taxminan 20 ming evro ketadi. Bundan tashqari, xodimlarning maoshi va boshqa xarajatlar bor.
Fikrlar