So’nggi yangiliklar

09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  0 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21

Nima uchun A Seriyani tomosha qilishingiz kerak? Yangiliklar

Nima uchun A Seriyani tomosha qilishingiz kerak?

Bugun futbol bo'yicha Italiya chempionatining navbatdagi mavsumiga start beriladi.

Musobaqaning 1-turidan quyidagi bahslar o'rin olgan:

21.08.2021

"Verona" — "Sassuolo"

"Inter" — "Jenoa"

"Empoli" — "Lacio"

"Torino" — "Atalanta"

22.08.2021

"Bolonya" — "Salernitana"

"Udineze" — "Yuventus"

"Roma" — "Fiorentina"

"Napoli" — "Veneciya"

23.08.2021

"Kalyari" — "Speciya"

"Sampdoriya" — "Milan"

Bir zamonlar "kichik mundial"ga qiyoslangan ushbu liga asrimizning 2-dekadasida shuhratini anchagina yo'qotgani bor gap. Biroq, biz uchun top-5'ning qolgan birinchiliklariga nisbatan aynan A Seriyani qiziqroq qiladigan bir nechta sabablar bor. Quyida shular haqida. 

1. Eldor SHomurodov

Avvalgi yilni Genuyada o'tkazgan futbolchi yangi mavsumni Rimda boshlaydigan bo'ldi. Etiborli jihati, "Roma" hamyurtimizning transferi uchun deyarli 18 mln evrodan voz kechdi. Bu o'zbek futboli uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Eldor allaqachon "bo'rilar" libosida 1-o'yinini o'tkazib, rasmiy debyutini gol bilan "yuvishga" ham ulgurdi. O'zbekistonlik hujumchi ishtirokidagi o'yinlarga yurtdoshlarimizning munosabatini yaxshi bilasiz.

SHomurodov jamoasi A Seriyaning yangi mavsumidagi ishtirokini 22 avgustda boshlaydi. SHu kuni "Roma"ga Vinchenso Italyano boshchiligidagi "Fiorentina" qarshi chiqadi.

Roma

Henrikh Mkhitaryan - 26', Jordan Veretout - 64', Jordan Veretout - 79'

Serie A . 1-tur

23/08/2021, 00:45

1
:
3
Tugadi

Fiorentina

Nikola Milenkovic - 60'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 26997 tomoshabin

Bosh hakam: Luca Pairetto

45'
90'
13'  Lorenzo Pellegrini
26'  Henrikh Mkhitaryan
26'  Tammy Abraham
44'  Nicolo Zaniolo
52'  Nicolo Zaniolo
64'  Jordan Veretout
64'  Tammy Abraham
69'  Tammy Abraham (Eldor Shomurodov)
79'  Jordan Veretout
79'  Eldor Shomurodov
84'  Henrikh Mkhitaryan (Stephan El Shaarawy)
84'  Lorenzo Pellegrini (Carles Perez)
87'  Jordan Veretout (Edoardo Bove)
17'  Bartlomiej Dragowski
19'  Jose Maria Callejon (Pietro Terracciano)
45'  Giacomo Bonaventura
46'  Youssef Maleh (Gaetano Castrovilli)
53'  Erick Pulgar
60'  Nikola Milenkovic
60'  Erick Pulgar
74'  Giacomo Bonaventura (Marco Benassi)
84'  Nicolas Gonzalez (Riccardo Sottil)
84'  Lorenzo Venuti (Riccardo Saponara)

Eldor Salohning natijasini yangilaydimi? 

2. Ronaldu, Ibra va Mour

Xabaringiz bor, liga reytingi yuqorilashi uchun undagi katta nomlarning o'rni bo'lakcha. Messi va Ramosdan keyin La Ligada bu borada pasayish yuzaga keldi. Quvonarli jihati, A Seriyada dunyodagi eng mashhur 3 futbolchidan ikkisi (Krishtianu va Zlatan), shuningdek, murabbiylar orasidagi eng qiziq shaxsiyat (Joze) bor.

3. Kafolatlangan intriga

Yangi mavsumda oldingilaridan farqli ravishda mutlaq favorit yo'q. Amaldagi chempionning ("Inter") murabbiyin almashdi va tarkibda jiddiy yo'qotishlar yuzaga keldi. "Yuventus" o'tgan mavsumning oxirgi turida ECHL yo'llanmasini arang qo'lga kiritgani yodingizda bo'lsa kerak. SHu tufayli bu yil hech kimni favorit sifatida ko'rsatib bo'lmaydi. Bundan tashqari, "Roma"ga Mourinyuning olib kelinishi Rim klubi ham chempionlik poygasida ishtirok etishini taminlaydi.

A Seriyaning yangi mavsumida sovrinli o'rinlar uchun kurashuvchi katta ettilikning imkoniyatlari bir-biriga juda yaqin: "Milan", "Yuventus", "Inter", "Roma", "Napoli", "Atalanta", "Lacio".

4. Katta murabbiylar

Yangi mavsum murabbiylarga atalishi kutilmoqda. Yozda 4 nafar katta murabbiy A Seriyaga qaytdi: Massimilliano Allegri ("Yuventus"), Maurisio Sarri ("Laccio"), Luchano Spaletti ("Napoli") va Joze Mourinyu ("Roma").

Ular o'rtasidagi kurashni kuzatish zavqli bo'ladi. 

Fakt: Mourinyu A Seriyadagi so'nggi mavsumida (2009-2010) trebl qayd etgan edi.

Muallif :
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика