Nilmar: “Bunyodkor” – jismonan kuchli tayyorgarlikka ega
09 mar 2014 07:49
Yangiliklar

Nilmar: “Bunyodkor” – jismonan kuchli tayyorgarlikka ega
"Al-Jaish” futbolchilari aeroport xududini tark etishib, avtobusga joylashishdi va malum vaqt o'z yuklarini kutib o'tirishdi.
Fursatdan foydalanib, qatarliklarning braziliyalik legioneri
Nilmar bilan qisqacha suhbatlashdik.
- “Bunyodkor” jamoasi haqida nimalar bilasiz?
- Jamoaning Osiyo CHempionlar ligasidagi “Al-Fath”ga qarshi o'tkazgan uchrashuvini tomosha qildim. “Bunyodkor” jismonan kuchli tayyorgarlikka ega. SHuningdek, futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunishadi va kerak paytda joylarini almashtirib harakat qilishadi. O'ylaymanki, “Bunyodkor” bilan bahsdan oldin murabbiyimiz raqibning ojiz tomonlari haqida bizga malumot beradi.
- Uch-to'rt yil ilgari “Bunyodkor” safida bir necha braziliyalik mashhur yulduzlar faoliyat olib borgani haqida xabardormisiz?
- Albatta, Rivaldoning “Bunyodkor” safiga o'tgani haqida eshitib, jamoa haqida malumot yig'ganman.
- Toshkent safari oldidan Rivaldo, Skolari yoki yurtimizda o'ynab ketgan boshqa braziliyaliklar bilan “Bunyodkor” haqida gaplashdingizmi?
- Terma jamoaga chaqirilgan paytlarimda, bazi-bazida “Bunyodkor” haqida suhbatlashib turardik. SHuningdek, Skolari va Rivaldoning intervyulardagi “Bunyodkor” haqida aytgan gaplarini ham o'qiganman. Ammo Toshkentga kelishdan oldin ular bilan alohida gaplashganim yo'q.
- “Bunyodkor”da to'p tepgan Edson Ramos va Joao Viktor keyingi faoliyatini Ispaniyaning “Malorka” klubida davom ettirishdi. Siz ularga qarshi La-Ligada o'ynagan bo'lishingiz kerak.
- Ha, bu ikki futbolchini eslayman.
- Nima deb o'ylaysiz, “V” guruhidan keyingi bosqichga qaysi ikki jamoa yo'llanma oladi?
- Hozirdan bir narsa deyish qiyin. CHunki guruhimizda kuchli jamoalar bor. 1/8 finalga yo'llanma oladigan baxtli ikki klubning biri “Al-Jaish” bo'lishini istardim.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.

Fikrlar