So’nggi yangiliklar

12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  0 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  0 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  1 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  2 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  3 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  6 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4 07:26CAFA. Бугун Туркманистонга қарши майдонга тушамиз  20 02:00Санчо "Астон Вилла"га ўтди  2

Nikolaev va Klishin "Dinamo" bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Nikolaev va Klishin "Dinamo" bilan shartnoma imzoladi

O'zbekiston Birinchiligi bahslariga qizg'in hozirlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi tarkibi kuchaytirilishda davom etmoqda.

Yangi murabbiy Ilhom SHaripov qo'l ostida Samarqanddagi qarorgohda o'tayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida yana ikki tajribali futbolchi kelib qo'shildi. Bular, Aleksey Nikolaev va Viktor Klishinlardir. Etiborlisi, har ikki o'yinchi ham Dinamoning sobiq futbolchilari sanalishadi.

Jumladan, tajribali himoyachi Aleksey Nikolaev 2010 yilda jamoamiz sharafini himoya qilgandi. O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Dinamo bilan shartnoma imzolab, 2016 yilgi mavsumni Samarqandda o'tkazishi aniq bo'ldi.

2011 yilda Dinamo jamoasida to'p surgan tajribali hujumchi Viktor Klishin ham yana jamoamiz safiga qaytdi. Mashal va SHo'rtan klublari safida Birinchi Liga to'purarlari qatorida bo'lgan 33 yoshli futbolchi Dinamo bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

O'tgan mavsumda Aleksey Nikolaev Qo'qon-1912 klubi sharafini himoya qilgan bo'lsa, Viktor Klishin Qizilqum safida to'p surgandi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar Dinamo Mixail Naumov, Azamat Bobojonov va Alisher Xoliqov singari yangi futbolchilar bilan ham shartnoma imzolagan edi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика