So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  7 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  818 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Nikola Lazarevich "Navbahor" muxlislariga: "Sizlar butun mavsum davomida jamoangizni tortib yurgan ayrim kimsalarning yordamidan ko'ra ancha yaxshirog'iga loyiqsizlar" Yangiliklar

Nikola Lazarevich "Navbahor" muxlislariga: "Sizlar butun mavsum davomida jamoangizni tortib yurgan ayrim kimsalarning yordamidan ko'ra ancha yaxshirog'iga loyiqsizlar"

Coca Cola Superligasi 19-turi doirasidagi "Navbahor" – "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

— Barchaga xayrli kech. Bilasizmi, shuni takidlashim kerakki, mavsum oldidan "Navbahor"ning o'yinlarini, tayyorgarligini tomosha qilganimdayoq ularni chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri deb aytgandim. Buni tan olishim lozim. Ammo bundan keyin nimalar yuz bergani borasida savollar bor. Oxirgi uch o'yinda hakamlik borasida tushunarsiz savollar ko'payib ketmoqda. Bu erda hakamlik qanday bo'lsa shunday. Bu hammaga ayon. O'zbekistonliklarning barchasi bu erdagi hakamlik qanday ekanligini yaxshi biladi.

   Bugungi o'yinga kelsak, bizga qiyin bo'lishini oldindan bilgandik. Ikki safardan beri buni ko'rmoqdamiz, uchinchisida hayron qolish shart emas. Menda sizlarga va rahbariyatingizga savolim bor. Men Namangan rahbariyatini hurmat qilaman. Sizlar borayotgan yo'l to'g'rimi? Namanganlikik muxlislar, sizlarni hurmat qilaman, qo'llab-quvvatlayman. Sizdan ham shuni so'ramoqchiman. Yaxshi, chempion bo'lishingiz mumkin. Ammo sizlar chempion bo'lmoqchi bo'lgan yo'l to'g'rimi? Sizlar butun mavsum davomida jamoani tortib yurgan ayrim kimsalarning yordamidan ko'ra ancha yaxshirog'iga loyiqsizlar. Maydonda hammasi ko'rinib turibdi. Videoda ham hammasi aniq ko'rinib turibdi. Yana bir marta muxlislardan so'ramoqchiman: SHu tarzda chempion bo'lmoqchimisizlar? Mana shu yo'l orqali chempion bo'lmoqchimisizlar? Bu savol sizga. CHempionlikka munosib ekanligingizga umuman shubham yo'q. Sizda yaxshi jamoa, murabbiylar, zaxira o'yinchilari bor. Men chin dildan gapiryapman. Sizlar bu tarzda chempion bo'lishga loyiq emassizlar. O'zbekistonda istalgancha chempion bo'lishingiz mumkin, ammo OCHLda bunday bo'lmaydi. To'g'ri tushuning, biz xorijlikmiz. Biz bu erga ishlash uchun kelganmiz. Bu erdagi vaziyatni his qilganimizdan so'ng bizda hech qanday umid qolmaydi. Pulimizni ishlaymiz va uyimizga qaytib ketamiz. Barcha muammolar esa sizlar bilan qoladi. Bu muammolar bugun paydo bo'lib qolmagan buni yaxshi bilasizlar. Bu muammolar 10, 15 balki 20 yillik muammolar.  Men yana qaytaraman, bu erda istedodlar juda ko'p. Millat sifatida istedodlarga to'lasizlar. Sizlarga bunday yo'ldan yurish kerak emas. Sizlar to'g'ri yo'ldan yurishingiz, rivojlanishingiz kerak. SHundagina ertaga Osiyo chempioni, Jahon chempionati ishtirokchisi bo'lishingiz mumkin. Bu yil esa nima bo'layotganini yaratgan ko'rib turibdi. Namanganda atmofsera juda ham ajoyib. Bugun to'qson daqiqa davomida spektaklda o'tirgandek his qildim o'zimni. Muxlislar shunchaki ajoyib. 

- Siz aytayotgan boshqa yo'l qanday?

- Faqat halol futbol. Hech qanday hakamlarning aralashuvisiz toza futbol. Men shunchaki o'z fikrimni aytdim. Men bugun borman ertaga yo'q. Men Namangan emas umuman o'zbek futboli haqida gapiryapman. Balki xato qilayotgandirman.

- Siz aynan qaysi vaziyatga norozilik bildiryapsiz. O'yinchimizning qo'liga to'p tegib penalti belgilangan vaziyatgami? Sizning mamlakatingiz Serbiyada shu kabi vaziyatda penalti beriladimi? O'yinchi orqa tarafi bilan turgandi. Futbolchi havodan erga tushayotganda boshqa imkoniyati bo'lmaydi. Hujumchi bosh bilan zarba berganida himoyachi bilan bir metr masofada turgandi. U hech narsani ko'rmaydi va erga yiqiladi. Erga yiqilayotganda u qo'lini yig'ishi kerakmidi?

- Ha, bu qo'l bilan o'yin hisoblanadi. Agar hujumchi himoyachini ortdan turtdi deyilsa,  hakam fol belgiladimi? Hop, mayli. Bugungi g'alaba bilan "Navbahor"ni tabriklayman. Ajoyib jamoa. Bugun ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Faqatgina o'yin borasida jamoani tabriklayman. Sizlarga kelajakda omad tilayman. 

- Barchaning nomidan o'zbek futboli uchun qayg'urayotganingiz uchun rahmat aytamiz. Ammo o'zbek futboli ortidan pul ham topyapsiz. SHu sabab ham sizga eng yaxshilarini tilaymiz...

- Rahmat hammaga. Omad. 


Reyting: +137   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика