So’nggi yangiliklar

20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  0 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  0 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  0 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  8 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  32 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  12

Nikola Lazarevich: "O'yinda ertaroq hisobni ochishimiz mumkin edi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "O'yinda ertaroq hisobni ochishimiz mumkin edi"

Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Metallurg" bellashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.

"Avvalo "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. SHunday o'yin kutgan edik. Ular bugungidek sxemada tushishini, qanday himoyalanishini bilgandik, deya olaman. "Metallurg" orqa chiziqda vaziyatlarini kutib, qarshi hujumda vaziyatlarni foydlanadi. O'sha vaziyatda diqqatni yo'qotdik. Ikkinchi bo'limda bir qator o'zgarishlar qilindi. Komolafe orqali hujumni kuchaytirishni, vaziyatlarni golga aylantirish rejalashtirilgandi. Yigitlar yuz foiz kuchlarini berib harakat qilishdi. Futbolchilarimdagi ikkinchi bo'lim oxiridagi holatlarini to'g'ri tushunaman. Albatta o'yindagi bunday reakciyalarni jamoani ichida hal qilamiz. Gaplashib olamiz",- deydi Lazarevich. 

- Jamoa o'yinda ustunlik qilmoqda. Lekin hujumlarni yakunlash uchun nima etishmayapti?

- O'yinni video tasvirini yana ko'rib chiqamiz. Oxirgi qadam etishmayapti. Nima bo'ldi, nimalar qilish kerak tahlil qilamiz. Balki ertaroq hisobni ochishimiz, 1-2ta gol urishimiz mumkin edi. Ishimizni engillashtirgan bo'lardik.  

- "Qizilqum" "Metallurg"ga ruhiy va jismoniy tomondan yutqazdi. Buni qanday izohlaysiz?

- "Metallurg" jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ko'rinib turdi. O'yinni raqibning maydonida tashkil qilishga harakat qildik. Raqib hujumlarimizga blok qo'ya oldi. Jismoniy tomondan yutqazdik, deya olmayman. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика