So’nggi yangiliklar

09:48«Барселона» «Байер» етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 09:40Рубен Аморим кечаги йирик ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:14Ҳусановнинг агенти «Барселона»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  8 08:50«Ал Ҳилол» мураббийи истеъфога чиқарилди  2 08:24Эрон чемпионати. Яхшибоев ва Юсупов жамоалари дуранг ўйнади  0 07:50Суперлига. Бугун 8-турга старт берилади  4 06:40Конференциялар лигаси. "Челси" сафарда "Юргорден" дарвозасига 4 та гол урди, "Бетис" эса "Фиорентина"ни мағлуб этди  3 06:30Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Атлетик" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Тоттенхем" эса "Буде-Глимт"ни мағлуб этди  34 02:10Конференциялар лигаси. "Челси" финал масаласини деярли ҳал қилди, "Бетис" "Фиорентина"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  3 02:03Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда йирик ғалабага эришди, "Тоттенхэм" ҳам учта гол билан зафар қучди  4 01:50АПЛ. ЕЧЛ учун курашаётган "Ноттингем Форест" ўз уйида мағлубиятга учради  5 01:11Холанд қайтди  1 00:15Ана холос! "Интер"нинг энг муҳим футболчиси "Барселона"га қарши ўйнамайди  20 23:44"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради  3 23:13Гёкереш "Манчестер Юнайтед"га ўтадими? Рубен Аморим жавоб берди  3

Nikola Lazarevich: "O'yin taqdirini birinchi bo'limdayoq hal qilishimiz mumkin edi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "O'yin taqdirini birinchi bo'limdayoq hal qilishimiz mumkin edi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirdi.

"Dinamo" jamoasiga yaxshi o'yin uchun rahmat aytaman. Ular bugun biroz o'zgargan tarkib bilan maydonga tushishdi. Yosh futbolchilarga ishonch bildirishdi. Jamoam haqida gapiradigan bo'lsam, vaziyatlardan foydalana olmadik. Nima o'xshamadi, tahlil qilamiz. Qisqasi shunday kun bo'ldi. Umuman olganda birinchi taymdayoq o'yin taqdirini hal qilishimiz mumkin edi",- deydi Lazarevich. 

- Aleksandar Stanilsavlevich va Gonzalloning o'yinida qanday farq ko'ryapsiz?

- O'zbekiston kubogi orqali kam o'ynagan futbolchilarni ko'rib olyapmiz. Gonzalloga hali biroz kuch etishmayapti. Texnik tomondan unda hammasi joyida. Rotatciyalar qilyapmiz. 

- Oxirgi ikki o'yinda Timur Nabievni tushirmoqdasiz. "Dinamo" bilan uchrashuvda Bobur, o'tgan o'yinda Dmitrievning o'rnida harakat qilgandi...

- Timurda yaxshi iqtidor bor. Yuqorida aytganimdek kubok bahslarida barcha futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilyapmiz. U ishlashda davom etishi kerak. Polo Komolafega esa moslashib olishi uchun biroz vaqt talab etiladi. O'ylaymanki, hammasi iziga tushadi.  

- Erkin Baydullaev o'yinda o'ziga o'xshamadi...

- U tarkibimizdagi eng tajribali futbolchi. Bitta o'yin hech narsani anglatmaydi. Oldinda bizni "Olimpik"ka qarshi o'yin kutmoqda. Raqib yosh va tezkor driblingni amalga oshira oladigan futbolchilarga ega. 





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика