So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  38 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Nikola Lazarevich: "O'yin biz kutgandek bo'ldi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "O'yin biz kutgandek bo'ldi"

Coca-Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qizilqum" (1:2) uchrashuvi so'ng mehmonlar ustozi fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- O'yin biz kutgandek bo'ldi deya olaman. Bizga bugun juda qiyin bo'lishini bilar edik. "Bunyodkor" yaxshi jamoa. Jamoaning yoshlardan tarkib topgani unchalik ham ahamiyatga ega emas. Yil boshidayoq "Bunyodkor" sifatli futbolchilardan tashkil topganini aytgandim. SHu sabab ham biz bugungi o'yinga juda jiddiy tayyorgarlik olib borgandik. Bugun himoyada juda ham tartibli o'ynadik. "Qizilqum" bugun o'yinning oxiriga qadar tartib va xarakter ko'rsatdi.

- O'yin so'ngida Nesterov va Stanislavlevich o'rtasidagi tortishuv yuzaga keldi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- To'g'risi bu vaziyatni ko'rmadim. Ammo o'yindan so'ng ular bilan gaplashib olaman. Bu narsani albatta hal qilamiz.

- SHuhrat Muhammadiev muntazam ravishda markaziy himoyada o'ynamoqda. Futbolchining o'zi bundan mamnunmi?

- SHuhrat Muhammadievga qaerda o'ynashning farqi yo'q. U jamoa uchun borini berishi kerak. Muhammadievning o'zi oldindan markazda o'ynashini bilmagandi. Bobur jarohat olgandi. SHu sabab ham markazga SHuhratni qo'ydik. Muhammadiev "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda ham markazda o'ynagandi. Takidlaganimdek, Boburning jarohatidan so'ng biz SHuhrat Muhammadievni markazga qo'yishni boshladik. Bu uning poziciyasi emas. Ammo zaruriyatdan u markazda o'ynadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика