So’nggi yangiliklar

19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  4 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  18 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0

Nikola Lazarevich "Nasaf" haqida: "Menimcha, Superliganing eng kuchli jamoasiga yutqazdik" Yangiliklar

Nikola Lazarevich "Nasaf" haqida: "Menimcha, Superliganing eng kuchli jamoasiga yutqazdik"

Coca-Cola Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman.  Menimcha, Superliganing eng kuchli jamoasiga yutqazdik. Turkiyadagi yig'inlardayoq "Nasaf"ni kuzatib, bu jamoa chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri ekanligiga amin bo'lgandim. O'sha payt ham buni aytgandim. Ularga eng yaxshisini tilayman. Jamoaga chempionlikni, OCHL yo'llanmasini tilab qolaman. O'yinga kelsak, yigitlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular 90 daqiqa mobaynida bor kuchlari bilan harakat qilishdi, tartibli o'yin ko'rsatishdi. Biz 100% shunday o'yin kutgandik. Ular qarshi hujumlarda juda xavfli ekanliklarini bilardik. Biz bo'sh hududlarni yopishga harakat qildik. Qanot o'yinchilari bilan ham personal o'ynashga intildik. Nima deyishim mumkin, 90 daqiqalarga yaqin xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz, bu koncentraciyani yo'qotish bilan bog'liq, menimcha. 

- Ketma-ket uchinchi o'yinda "Qizilqum" o'yinchilari qizil kartochka olishmoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Jamoada intizom masalasi joyida. Bundan muammo yo'q. Tarkibimzda yo'qotishlar ko'p. Juda qiyin bo'lmoqda. Bugun ham o'yinning oxiriga qadar durangni saqlab qola olmadik.

- 90 daqiqa davomida faqat bir hujumchiga paslar berib o'ynash qanchalik to'g'ri? Biz "Qizilqum"ni kombinacion o'yin ko'rsatishiga o'rganib qolganmiz...

- To'g'ri qaror. Raqib kuchli jamoa. Bizda vaziyatlar bo'ldi. 

- Nesterovning oxirgi o'yinlarda zaxirada qolib ketayotganiga sabab nima?

- Javohir Ilyosov ham yaxshi darvozabon. Bizg unga ham imkoniyat berishga qaror qildik. Bugun ham aynan u bir necha vaziyatlarda jamoani qutqardi. Nesterov zaxirada qolayotganiga aynan bir sabab yo'q. Ilyosov ham Nesterov kabi kuchli darvozabon. Bu shunchaki bizning qarorimiz.

- Komolafening oxirgi daqiqalarda zaxiraga olinishiga sabab?

- Bu taktik o'zgarish edi. Gol urganimizdan so'ng besh himoyachi bilan o'ynashni boshladik. Uch o'yinchi yarim himoyada edi. Komolafe hujumchi sifatida harakat qilayotgandi. Bir o'yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda 4-5 sxemasiga o'tdik va chuqurroq himoyalanishga harakat qildik.  

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика