So’nggi yangiliklar

13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  46 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3

Nikola Lazarevich: "Biz yangi futbolchilar olib kelishni istagandik, biroq rahbariyat bunga ruxsat bermadi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Biz yangi futbolchilar olib kelishni istagandik, biroq rahbariyat bunga ruxsat bermadi"

Superliganing 14-turida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman. Menimcha o'yin teng o'tdi, xatto golli vaziyatlar yaratishda ham. SHunchaki biz gol ura olmadik. Yangi futbolchilar "Lokomotiv"ning o'yinini kuchaytirgani ko'rinib turibdi: Safarov, Jaloliddinov... O'yin bosimga boy bo'lishini, ko'p kuch sarflanishini kutgandik. Va biz yana bir bor standartdan keyin gol o'tkazib yubordik. Biroz etiborni yo'qotib qo'ydik. O'yinni ko'rib chiqishimiz, xatolarni o'rganishimiz kerak.

- Sizda ajoyib asosiy tarkib bor. Biroq zaxira o'rindig'i juda tor. Ular o'yinni kuchaytira olishmayapti. Davralar oralig'ida yangi futbolchilarni olishni o'ylab ko'rmadingizmi?

- Biz istagandik, biroq rahbariyat bunga ruxsat bermadi.

- O'yinga bo'lgan reja qanday edi?

- Ikkinchi raqam bo'lib o'ynab, raqib bizga qaysi zonalarni ochib berishini ko'rmoqchi edik. O'yin davomida taktikalarni o'zgartirib ko'rdik. Raqib jamoa bizga qanotlarda bo'shliqlar taklif qilishini kutgandik. SHu sababli 4-5-1 taktikasiga o'tib, ikki qanot yarim himoyachilarini ko'proq hujum qilishini istagandik. 

- Bugun Temurxo'ja Abduxoliqov o'zini yo'qotib qo'ygandek ko'rinmadimi?

- Temurxo'ja - tajribali, ajoyib futbolchi. U birinchi davra to'purari bo'ldi. SHunchaki barchada shunday o'yinlar bo'ladiki, futbolchi o'z darajasini ko'rsata olmaydi. Kelasi o'yinda u yaxshiroq o'ynaydi, bunga shubxam yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика