Niko Kovach: "Himoyadagi xatolarni minimallashtirish, hujumni esa maksimallashtirish zarur"
20 okt 2018 14:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/458926_original.jpg)
![](/upload/storage/458926_220.jpg)
Niko Kovach: "Himoyadagi xatolarni minimallashtirish, hujumni esa maksimallashtirish zarur"
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Volfsburg"ga qarshi o'yindan oldingi tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoani g'alabali seriyaga qaytarmoqchiligini bildirdi.
- "Kerakli natijalarni qayd etmayotganimiz inkor etib bo'lmas fakt. O'tgan to'rtta bahs biz reja qilgandek o'tmadi. Ammo shunga qaramasdan jamoa ichidagi muhit alo darajada. Bu esa juda muhim.
Jamoadagi kayfiyat yaxshi, futbolchilardagi ishchanlik ham yuqori darajada. Biz bu o'yin orqali oldinga siljib, cho'qqiga qaytmoqchimiz. Hayot hech qachon bir tekisda ketmaydi. Unda g'alaba va mag'lubiyatlar yonma-yon yuradi. O'z kuchimizga bo'lgan ishonchni oshirib olish uchun ham muvaffaqiyat zarur.
Himoyadagi xatolarni minimal ko'rsatkichga keltirish kerak. Hujumda esa maksimum harakatlanish lozim", - deydi Niko Kovach.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar