So’nggi yangiliklar

18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   2 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  1 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  10 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  20 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  14

Nikimbaev: "O'zbekiston terma jamoasi raqiblari G'arbiy Osiyo chempionatida ishtirok etishadi" Yangiliklar

Nikimbaev: "O'zbekiston terma jamoasi raqiblari G'arbiy Osiyo chempionatida ishtirok etishadi"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida G'arbiy Osiyo chempionati haqida post qoldirdi.

"Seshanba kuni Iroqda to'qqizinchi G'arbiy Osiyo chempionati start oladi. Ushbu turnir shunisi bilan qiziqki, unda O'zbekiston terma jamoasining JCH-2022 saralash bosqichidagi uch raqibi - Saudiya Arabistoni, Yaman va Falastin ishtirok etadi.

Saralash musobaqasi boshlanishiga bir oydan ko'proq vaqt olganini hisobga olsak, G'arbiy Osiyo chempionati bo'lajak raqiblarning kuchiga baho berish uchun yaxshi imkoniyat.

To'g'ri, Saudiya Arabistoni terma jamoasi Iroqqa eng kuchli tarkibini yubormaydi. CHunki avgustning dastlabki ikki haftasida CHempionlar ligasi 1/8 final o'yinlari bo'lib o'tadi va unda Saudiyaning 4ta klubi ishtirok etadi. Falastin ham optimal tarkibda kelmaydi, chunki Evropa, Afrika, Janubiy va SHimoliy Amerikadagi klublarda o'ynayotgan legionerlar kela olishmaydi.

SHunga qaramay bu turnir natijalarni kuzatishga arziydi.

Aytgancha, birinchi G'arbiy Osiyo chempionatida mehmon sifatida taklif etilgan Qirg'iziston va Qozog'iston terma jamoalari ishtirok etishgan. Turnirda zafar quchish bo'yicha rekord rasman G'arbiy Osiyoga kirmaydigan Eronga tegishli. Eronliklar 8ta turnirning 7tasida ishtirok etishgan. Ammo 2014 yil Markaziy Osiyo Futbol associaciyasi yaratilgandan boshlab  Eron G'arbiy Osiyo chempionatida ishtirok etmayapti.

Ko'rfaz futbol federaciyasiga kiruvchi mamlakatlardan farqli o'laroq BAA terma jamoasi hech qachon bu chempionatda ishtirok etmagan. Bu safar ham BAA bo'lmaydi, bundan tashqari Ummon va Qatar musobaqada qatnashmaydi. So'nggi ikki terma jamoa noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo'ladigan Ko'rfaz mamlakatlari chempionatida ishtirok etishadi. Quvayt, Iroq va Yaman terma jamoalari ikkala turnirda qatnashadi" - deb yozadi Nikimbaev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика