Nikimbaev: "O'sha shov-shuvli bahsda murabbiy tufayli mag'lub bo'lganmiz"
08 fev 2020 13:16
Yangiliklar
Nikimbaev: "O'sha shov-shuvli bahsda murabbiy tufayli mag'lub bo'lganmiz"
Savollardan biri quyidagicha edi:
- Xayrli kun, Alisher aka. Meni O'zbekiston hamda BAA olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs qiziqtirmoqda, o'sha uchrashuv kelishilganmidi? Bu savolni ko'pchilikka berdim, ammo O'zbekiston - Qatar (5:1) uchrashuvidan farqli o'laroq, bu bahs haqida aniq javob ololmadim.
- Bu o'yin kelishilgan deya olmayman, ammo shaxsiy fikrim - o'sha bahs kelishilmagan. Federaciya yoki terma jamoa rahbariyati bunga qo'l urishi qiyin edi, chunki o'sha g'alaba qiymati juda baland bo'lgan. Biz murabbiyning xatolari tufayli mag'lub bo'lganmiz.
Eslatib o'tamiz, 2011 yil olimpiya terma jamoamiz London-2012 Olimpiada yo'llanmasi uchun hal qiluvchi bahsda BAAga qarshi maydonga tushgan. Toshkentdagi JAR stadionida o'tgan bahsda futbolchilarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonayotib, o'yinni 2:3 hisobida yakunlashgan va Olimpiada yo'llanmasidan quruq qolishgan. O'sha terma jamoani Vadim Abramov boshqargan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar