Nikimbaev MTJ murabbiyi borasida so'rovnoma o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
14 sen 2019
O'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida qiziqarli so'rovnoma o'tkazdi.

Nikimbaev so'rovnomasida quyidagi savol berilgan:

"JCH-2022ning oktyabrdagi saralash bahslarida kimni O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ko'rmoqchisiz?"

Ovoz berish uchun pastda ko'rsatilgan variantlar bor edi:

- Ektor Kuperga imkon bering

- Vadim Abramov

- Shota Arveladze

- Samvel Babayan

- Ro'ziqul Berdiev

- Timur Kapadze

- Mirjalol Qosimov

- Chet ellik boshqa murabbiy

- Boshqa mahalliy murabbiy


4 ming kishidan ortiq ishtirok etgan so'rovnomada eng ko'p ovozni Vadim Abramov yig'di. Ovoz beruvchilarning 48% "Bunyodkor"ni boshqarayotgan mutaxassisni tanlashdi.

Natijalar


Sizchi, MTJni kim boshqarishini xohlaysiz?


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev