Nike "CHelsi" bilan shartnomani bekor qilmoqchi
11 mar 2022 18:24
Yangiliklar
Nike "CHelsi" bilan shartnomani bekor qilmoqchi
Nike kompaniyasi tez orada Roman Abramovichga qo'yilgan sankciyalar sabab Londonning "CHelsi" klubi bilan homiylik shartnomasini bekor qilishni rejalashtirmoqda.
Nike vakillari London klubi bilan shartnomani bekor qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Qayd etish kerakki, tomonlar 2016 yilda 900 million funt evaziga 15 yillik uzoq muddatli shartnoma imzolashgandi.
Agar kompaniya "CHelsi" bilan munosabatlarni bekor qilishga qaror qilsa, jamoa 500 million funt atrofida pul olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniya hukumati yaqinda "CHelsi" xo'jayini Roman Abramovichga qarshi sankciyalar joriy etgandi.
Fikrlar