Nihoyat, "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvini kim boshqarishi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2018, 16:39
Bugun O'zbekiston kubogida yarim final bosqichi start oladi.

Dastlabki yarim final bahsida “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” jamoalari qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Mazkur uchrashuvni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Timur Galeev hamda Aleksandr Sidorov yordam berishadi. Zaxira hakami – Viktor Serazetdinov. Nazoratchi – Rashid Aytekov.


O'zbekiston kubogi
Yarim final / 27 sentyabr
“Qo'qon-1912” – “Paxtakor”
Bosh hakam:
Sherzod Qosimov.
Qanot hakamlari: Timur Galeev, Aleksandr Sidorov.
Zaxira hakami: Viktor Serazetdinov.
Nazoratchi: Rashid Aytekov.  
Komissar: Jahongir Raxmatullaev.  



P.S. Sherzod Qosimov 2018 yilgi mavsumda mazkur ikki jamoa o'rtasida Superliga doirasidagi har ikkala bahsda ham bosh hakam bo'lgandi. Qizig'i Qo'qonda ham, Toshkentda ham bir xil 1:1 hisobi qayd etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz