Nihoyat, Iroq terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
31 iyu 2021 21:12
Yangiliklar
Nihoyat, Iroq terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Yaxshi bilasiz, saralashning ikkinchi bosqichidan olib chiqqan Srechko Katanec o'z xohishiga binoan Iroq termasini tark etdi. O'tgan vaqt davomida Iroq futbol federaciyasi bir nechta nomzodlarni o'rganib chiqdi va yakunda niderlandiyalik murabbiy Dik Advokat nomzodida to'xtaldi.
73 yoshli mutaxassis shu yilning may oyida murabbiylik faoliyatini yakunlaganini malum qilgandi, biroq Iroq futbol federaciyasi tomonidan taklif bo'lgach, yana o'z ishiga qaytishni lozim topdi. Dik Advokat Iroqda faoliyat olib boradigan dastlabki niderlandiyalik murabbiy bo'ladi.
Mashhur murabbiy bilan JCH saralash uchinchi bosqich oxirigacha shartnoma imzolandi. Agar Dik Advokat Iroqni jahon chempionatiga olib chiqadigan bo'lsa, 300 ming dollar bonus oladi.
Fikrlar