Nihoyat! Ikardi "Inter" safida maydonga tushadigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019, 15:48
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi asosiy tarkibga qaytmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti uni "Jenoa"ga qarshi o'yin qaydnomasiga qo'shdi.

"Mauro qaydnomada. Marotta tufayli ikkala tomon virtual emas, haqiqiy muzokaralarda ishtirok etdi. Demak, Ikardi jamoaga yordam bera oladi.

U asosiy tarkibda maydonga tushadi" - deydi Spalletti.

Ikardi xotini Vanda Nara hamda "Inter" o'rtasdiagi kelishmovchilik tufayli 9 fevraldan beri maydonga tushmayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Inter.it