Nihoyat, Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo'ladi
02 mar 2019 14:24
Yangiliklar


Nihoyat, Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo'ladi
Mart oyida Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tadi, bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
"China Cup-2019" musobaqasi oldidan Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. Mazkur matbuot anjumani davomida bosh murabbiy musobaqaga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini elon qilishi rejalashtirilgan, - deb yozadi O'FA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida BAAda o'tgan Osiyo Kubogidan so'ng Ektor Kuper hozirgacha matbuot anjumanida ishtirok etmagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar