Nihoyat, Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani bo'ladi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2019, 14:24
Mart oyida Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tadi, bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"China Cup-2019" musobaqasi oldidan Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. Mazkur matbuot anjumani davomida bosh murabbiy musobaqaga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini e'lon qilishi rejalashtirilgan, - deb yozadi O'FA rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, yanvar oyida BAAda o'tgan Osiyo Kubogidan so'ng Ektor Kuper hozirgacha matbuot anjumanida ishtirok etmagan edi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia