So’nggi yangiliklar

09:14«Бу шармандалик». Почеттино «Челси» футболчилари ўртасидаги пенальти тепиш учун жанжаллашгани ҳақида гапирди  1 08:50Ўзбекистон ОТЖ сардори Осиё кубогига тайёргарлик ҳақида фикр билдирди  8 08:34Осиё кубоги U-23. Энг қиммат футболчилардан тузилган рамзий терма жамоа  4 08:30U-23 Осиё Кубоги. Австралия - Иордания 0:0   0 08:25U-23 Осиё Кубоги. Қатар - Индонезия 2:0   0 08:20Туркия чемпионати. "Аланяспор" - "Галатасарай" 0:4   0 08:15АПЛ. "Челси" - "Эвертон" 6:0   0 08:09Расман: Криштиану Роналду нечта ўйинга четлатилгани маълум  5 08:00Серия А. "Аталанта" - "Верона" 2:2   0 07:45ЕЧЛ. Чорак финал жавоб учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар маълум. «Ман Сити» — «Реал» баҳсини италиялик рефери бошқариб боради  6 07:22Ўзбекистон кубоги. Бугун 1-тур баҳсларига якун ясалади  1 02:00АПЛ. Палмер 4та гол урган учрашувда "Челси" "Эвертон"ни "топтаб" ташлади  18 01:50"Челси" футболчиси АПЛ тўпурарлар пойгасида Холандга етиб олди  3 01:45А Серия. "Аталанта" 2:0 ҳисобидаги ғалабани қўлдан чиқарди  3 01:20Марказий Осиё. Қозоғистон кубогида чорак финал иштирокчилари маълум бўлди; "Истиқлол" йирик, "Абдиш-Ата" ва "Аркадағ" ўта йирик ғалабага эришди  4

Nigeriyalik millioner va britaniyalik ishsizning o'g'li: Dele Alli haqidagi voqea Yangiliklar

Nigeriyalik millioner va britaniyalik ishsizning o'g'li: Dele Alli haqidagi voqea

Qashshoqlik va hashamat, qimmat maktab va yomon to'da, ota-ona bilan salbiy munosabatlar va begona oila.

Biz sizga Angliya terma jamoasining hozirgi kundagi eng iqtidorli futbolchilaridan biri bo'lgan Dele Allining hayoti haqida so'zlab beramiz.

1995 yilda oddiy ingliz qizi, turli otalardan bo'lgan ikki qizning onasi Deniz, pablardan birida nigeriyalik Kexid ismli boy talaba bilan uchrashib qoldi. Yoshlar bir-birlarini shunchalik yoqtirishdiki, ko'p o'tmay ular turmush qurishdi va 1996 yilning aprelida ular o'g'il farzand ko'rishdi, unga Bamidele ismi qo'yildi. Ushbu quvonchli voqeadan bir hafta o'tgach, o'qishni endigina tugatgan baxtli ota, chamadonlarini yig'ib, xotini va uchta bolasini tashlab, o'z vataniga jo'nab ketdi.

Kichik Dele hatto yurishni zo'rg'a o'rganib, futbolni orzu qila boshladi. Bola bir oz ulg'aygach, butun vaqtini ko'chada, tengdoshlari bilan to'p tepib yurish bilan o'tkaza boshladi, shu vaqtga kelib to'rtinchi bolasini dunyoga keltirgan va yana yolg'iz qolgan ona baxtli hayot haqidagi orzularini alkogolga almashtirdi.

"Men jiddiy muammolarga duch keldim, bir necha yil davomida mutlaqo hamma narsani ichdim, - deb tan oldi Deniz 2016 yili Sun’ga bergan intervyusida. - Bir kuni, qo'shnilarimning shikoyatlaridan so'ng, bolalarimning yashash sharoitlarini tekshirish uchun uyimga ijtimoiy himoya vakillari kelishdi. Keyin ular Bamideleni boshqa oilaga berishimni taklif qilishdi".

Alli to'qqiz yoshga to'lgach, otasi to'satdan ufqda paydo bo'ldi. Nigeriyada muvaffaqiyatli biznes olib borgan Kexid, o'g'lini o'zi bilan yashashga taklif qildi, u erda bola hashamatli bo'lmasa-da, mo'l-ko'lchilikda yashashi mumkin edi. Kelajak juda jozibali ko'rindi chog'i, Dele rozi bo'ldi. Bo'lajak Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi bir yil davomida qimmat narxdagi xususiy maktabga bordi, u otasining uyida yashar, shaxsiy xizmatkoriga ham ega edi. U o'sha paytda futbol haqida o'ylaganmi? Kim biladi deysiz... Kexid o'z biznesini kengaytirish uchun AQSHga ko'chib o'tishga qaror qilib, bolani o'zi bilan olib ketganida, hamma narsa o'zgardi.

Ko'p o'tmay ularning uyida yangi ayol paydo bo'ldi, Dele u bilan til topishib keta olmadi. Bu masala bo'yicha otasi bilan bahslashish befoyda edi, shundan keyin Alli otasidan shunchaki Angliyaga, Milton-Kinsdagi kichkina kvartiraga, ikki katta opasi, ukasi va ichuvchi onasining oldiga qaytishga yordam berishini so'radi. Dele o'zi xush ko'rmaydigan o'gay onasi bilan bir tom ostida turgandan ko'ra, uyida baxtliroq bo'lishiga ishongan. Ota o'g'liga qarshilik qilmadi. Bola vataniga qaytib, yana ko'cha futboli olamiga kirib ketdi.

Alli Ronaldinoning o'yinidan lol qolardi va "Barselona" haqida orzu qilardi, ammo oilaning moliyaviy imkoniyatlari mahalliy akademiya uchun ham etarli emasdi. Dele bundan xafa bo'lib, g'azablanardi, tez orada bu masalada onasi bilan janjallashishni boshladi, yomon to'da bilan aloqada bo'ldi va ko'cha jinoyatchisi bo'lish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi, biroq uning omadi keldi. Alli 11 yoshida mahalliy "MK Dons” klubi ko'rigida bo'lishga muvaffaq bo'ldi, u erda murabbiylar ko'cha bolasi va akademiya o'yinchilari o'rtasida katta farqni sezishmadi. Ko'zni qamrab olgan yagona narsa - bu biron bir maktabning yo'qligi, ammo bu tuzatiladigan narsa edi. Endilikda "Tottenxem"ning bo'lajak yarim himoyachisi "yangi Stiven Jerrard" bo'lish orzusida harakat qila boshladi.

Dele maydonda ko'rsatgan qatiyati va noananaviy qarorlari bilan barchani hayratda qoldirdi. Professional futbolchi bo'lish orzusi amalga oshishiga ishonch katta edi, faqat buni amalga oshirish uchun qattiq ishlash va yomon to'dadan xalos bo'lish lozim edi. Bu juda qiyin masala bo'lib ko'rinardi, chunki Allining qo'shnilari ko'cha bezorilari edi. O'g'liga hayotda to'g'ri yo'lni tanlash imkoniyatini berish uchun, Deniz hayotidagi eng qiyin qarorni qabul qildi: Delening kelajagi uchun uni boshqa oilaga berishga rozi bo'ldi.

Dele atigi 13 yoshda, gullab-yashnagan tumanga, o'z jamoadoshi Xarri Xikford oilasiga ko'chib o'tdi. Ijtimoiy xizmatlar Alli oilasini boshqargan, ammo bolani yangi hayotga qo'yib yuborish qarori faqat onaning tashabbusi bilan bo'lgan.

"Rasmiy ravishda Dele boshqa oila tomonidan asrab olinmagan, lekin 13 yoshida, akademiyadagi do'stining ota-onasi bilan birga yashash uchun ko'chib o'tgan. Bu men uchun og'riqli qaror edi, ammo hozir men to'g'ri ish qilganimni tushunyapman. O'g'lim o'zini o'zi kashf etdi va men u bilan faxrlanaman", - deydi Deniz Sun bilan suhbatda.


"Xavotir olmang, ona. Hammasi yaxshi bo'ladi". Dele ketishdan oldin shunday degan va har dam olish kunlari uni ko'rgani kelishga vada bergan.

Endi umidli o'yinchining futbolga bo'lgan etiboriga hech narsa to'sqinlik qilmasdi. Keyinchalik Alli "MK Dons" akademiyasining eng yaxshi tarbiyalanuvchilaridan biriga aylandi va 16 yoshida asosiy jamoada debyut qildi. U klubda uchta to'liq mavsumni o'tkazdi, ularning har biri avvalgisidan ko'ra muvaffaqiyatli kechdi. Ko'p o'tmay Alli gollar urishi va uzatmalari orqali top ingliz klublarining etiboriga tushdi. Yigitni ko'rish uchun "Liverpul"dan skautlar kelishdi, ammo "Tottenxem" transfer bozorida boshqalarga qaraganda tezkor bo'lib chiqdi. "SHporlar" futbolchining o'tishini "MK Dons"ning yillik byudjetiga - 7 million funt sterlingga teng deb baholadi. Transfer 2015 yil qishda amalga oshirildi, ammo Alli yangi klubga faqat yozda, mavsum yakunida qo'shildi.

"Men hali ham Dele bilan yaqinman, - deydi Deniz Alli 2016 yilda. - U menga va opalariga har tomonlama, shu jumladan, moliyaviy jihatdan yordam berib keladi. O'tgan yil davomida u bizning hisobimizga taxminan 4 ming funt sterling o'tkazib berdi. Rojdestvo uchun 600 funt sterling, uch farzandimning har biri 500 funt sterlingdan oldik. O'tgan yili, Dele "MK Dons"da o'ynab yurganida, menga 200 funt sterling, qizlarga 80 funt sterlingdan berdi va ukasiga televizor va o'yin pristavkasini sotib olib berdi. Bu uning tashabbusi, biz undan so'ramaymiz".

Alli "Tottenxem"dagi birinchi mavsumida oilasiga kamroq vaqt ajratishni boshladi va asta-sekin aloqani uza boshladi. U hatto libosining orqa tarafida yozilgan familiyasini olib tashlashga qaror qildi va "Dele" yozuvi ostida maydonga tushishni boshladi. Futbolchi o'zini yomon o'tmish bilan bog'lamaslikdarini va barcha muvaffaqiyatlari uchun Xikfordlar oldida qarzdorligini alohida qayd etib keladi. Uchrashuvlardan birida Dele onasi bilan gaplashishga to'xtamagan va band ekanligini aytib, mashinaga o'tirgan va ketgan. Xavbek na Deniz, na opalari va na ukasiga aytishni zarur deb hisoblamasdan, o'z telefon raqamini ham o'zgartirgan.

Ona o'z o'g'lini ijtimoiy tarmoqlar orqali g'alabalar bilan tabriklashda davom etmoqda. Dele uning xabarlarini etiborsiz qoldiradi va hatto oilasiga Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatiga kelishiga yordam bermagan. SHunday bo'lsa-da, Deniz u bilan aloqa o'rnatish uchun qilayotgan urinishlaridan voz kechmaydi. 

"Menga uning pullari kerak emas, hatto u fast-fud restoranida ishlaganida ham, uni yaxshi ko'rgan bo'lardim. Men faqat o'g'limning qaytishini istayman”, - dedi u yaqinda jurnalistlarga.


SHerzod Nurmatov tarjimasi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика