Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Saymon JCH-2018 bora olmaydi
29 may 2018 09:50
Yangiliklar


Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Saymon JCH-2018 bora olmaydi
Belgiyaning “Gent” klubi hujumchisi Mozes Saymon Rossiyadagi jahon chempionatida jarohati tufayli ishtirok eta olmaydi.
Nigeriya termasining 22 yoshli hujumchisi mashg'ulot chog'ida sonidan jarohat olgan. Hodisa 24 may kuni yuz bergandi.
Nigeriya termasi bosh murabbiyi Gernot Rorning so'zlariga ko'ra, Saymon kamida 3-4 haftani o'tkazib yuboradi. Va Rossiyaga bora olmaydi.
Mozes bu mavsum “Gent” uchun barcha musobaqalarda 33 ta o'yin o'tkazdi va 6 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar