"Mashal" barcha legionerlari bilan xayrlashdi
28 noy 2022 16:11
Yangiliklar
Mavsum davomida "Mashal" jamoasi sharafini himoya qilgan ukrainalik Mikola Agapov va Sergey Molochko, nigeriyalik Ojo Mozes muborakliklar safini tark etdi.
Agapov Pro liga joriy mavsumida 17 o'yinda 8 ta gol urgan bo'lsa, Molochko 8 o'yinda 1 ta to'p kiritdi, Mozes esa 17 o'yinda qatnashib, 1 marta sariq kartochka oldi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" Pro liga yakuniga etgan mavsumini 33 ochko bilan 5-o'rinda tugatgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar