Nigeriya o'z muxlislarini Rossiyadagi JCHdan qaytarish uchun 1 mln. dollar sarfladi
07 avg 2018 12:19
Yangiliklar
Nigeriya o'z muxlislarini Rossiyadagi JCHdan qaytarish uchun 1 mln. dollar sarfladi
Nigeriya tashqi ishlar vaziri Jeffri Onemaning malum qilishicha, mamlakat hukumati Rossiyadagi jahon chempionati o'yinlari tomosha qilish uchun ketgan nigeriyaliklarni qaytarish uchun 1 mln. dollar sarfladi.
Gap mundialga borib ortga qaytishni rejalashtirmagan muxlislar haqida ketmoqda.
Nigeriyaliklarni qaytarish uchun 2ta samolyot kerak bo'ldi. 155 kishini qaytargan ilk reys 20 iyul, 200 kishilik ikkinchi reys esa 5 avgust kuni Nigeriyaga qo'ndi.
Onemaning so'zlariga ko'ra, har bir reys Nigeriya uchun 500 ming dollarga tushdi. Ular Rossiyada qolishni reja qilgan 17 ganalikni ham Afrikaga qaytarib olib kelishdi. Nigeriya TIVning malum qilishicha, ko'pchilik nigeriyaliklar futbol uchrashuvlarini ko'rish uchun emas, Evropada qolish uchun Rossiyaga yo'l olishgan.
Fikrlar