Niderlandiya futzal termasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yinga 100 foiz tayyor bo'lishimiz kerak, sababi..."
27 may 2024 12:29
Yangiliklar
Niderlandiya futzal termasi bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yinga 100 foiz tayyor bo'lishimiz kerak, sababi..."
"Qura tashlash marosimidan so'ng Jahon chempionatini yanada orziqib kutaman. Ochilish o'yinini mezbon davlatga qarshi o'tkazish, albatta, ajoyib, lekin bu katta mashaqqatni ham talab etadi. U erda o'zbekistonlik muxlislar ko'p bo'ladi, shuning uchun biz birinchi kundanoq 100 foiz tayyor bo'lishimiz kerak.
SHuningdek, yana bir qiyin raqib — Paragvay bilan to'qnash kelamiz. Bu jamoa Evropaning yirik klublarida to'p tepadigan ko'plab tajribali futbolchilarga ega hisoblanadi. Kosta-Rika haqida ko'p malumotga ega emasmiz, biroq kelgusi oylarda bu jamoani ham yaxshi o'rganamiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Niderlandiya "A" guruhida O'zbekiston, Paragvay va Kosta-Rika bilan bellashadi. Evropaliklar ilk o'yinni mezbonlarga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar