So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  9 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Niderlandiya futzal terma jamoasi ustozi: "O'zbekistonning mundialgacha bo'lgan barcha tayyorgarlik jarayonlarini o'rgandik" Yangiliklar

Niderlandiya futzal terma jamoasi ustozi: "O'zbekistonning mundialgacha bo'lgan barcha tayyorgarlik jarayonlarini o'rgandik"

Niderlandiya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Andres Moreno saytimizga kichik intervyu berdi.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

- Tayyorgarlikning yakuniy bosqichidamiz, jamoa sifatida imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishga harakat qilyapmiz. Himoya va hujumdagi o'yin uslubimizni aniqlab olishimiz kerak. SHuningdek, o'yin davomidagi kutilmagan holatlar va turli strategiyalarga ham tayyor bo'lishimiz kerak. Eng so'ngida esa, raqib haqida bilgan malumotlarimizni o'z uslubimiz bilan moslashtirib olishimiz kerak.

- Guruhdagi qolgan raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- To'g'risini aytsam, Paragvay va Kosta-Rika terma jamoalari ayni damda men uchun mavjud emas. Hozirgi paytda, faqat O'zbekiston mavjud va barcha xayollarim ushbu terma jamoaga qarshi kechadigan uchrashuvga qaratilgan. O'zbekiston jamoasi ancha kuchli va yaxshi shakllangan jamoa ekanligidan xabardorman. Raqibimiz har bir jamoaga kuchli qarshilik ko'rsata oladi va bu biz uchun haqiqiy sinov bo'lishi aniq.

- O'zbekiston terma jamoasini o'rganib chiqdingizmi?

- Albatta. Biz O'zbekistonning to'liq tayyorgarlik jarayonini ko'zdan kechirdik. Ular ishtirok etgan o'yinlar, o'yinlarda qo'llanilgan taktika va hokazo. Raqibimizning kuchli va kuchsiz tomonlarini ham bilib oldik. Endi esa ushbu malumotlardan kelib chiqib, o'z o'yinimizni shakllantirishimiz kerak bo'ladi.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика