“Nicca” chempionatdagi har o'yinda 25 ming evro jarima to'lamoqda. Bunga sabab nima?
22 mar 2023 10:00
Yangiliklar
“Nicca” chempionatdagi har o'yinda 25 ming evro jarima to'lamoqda. Bunga sabab nima?
“Nicca” bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Dide Degarda PRO licenziyasi yo'q.
SHu tufayli, klub Franciya chempionatidagi har bir o'yin uchun 25 ming evro jarima to'lashiga to'g'ri kelmoqda. Biroq, “burgutchalar” rahbariyati bunday xarajatga borishga qarshi emas, chunki Degar kelganidan keyin “Nicca”ning mag'lubiyatsiz seriyasi barcha musobaqalarda 13 uchrashuvga etdi.
Klub 11 yanvardan beri mag'lubiyatga uchramayapti. 36 yoshli mutaxassis bungacha faqatgina “Nicca”ning yoshlar (U17) jamoasi va o'rinbosarlariga ustozlik qilgandi.
Jamoa hozirda Liga 1'ning 28 turidan keyin 44 ochko bilan musobaqa jadvalida 7-o'rinda bormoqda. Degar shogirdlari Konferenciyalar Ligasi 1/4 finalida “Bazel” bilan o'ynaydi.
Fikrlar