N'Golo Kante jarohati tufayli terma jamoa joylashgan lagerni tark etdi
01 sen 2021 21:27
Yangiliklar
N'Golo Kante jarohati tufayli terma jamoa joylashgan lagerni tark etdi
Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi N'Golo Kante jarohati tufayli terma jamoa joylashgan lagerni tark etdi.
Xabar qilinishicha, futbolchi chap to'pig'idan jarohat olgan.
Matbuot xizmatining takidlashicha, bosh murabbiy Dide Desham uning o'rniga "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni chaqirgan. Futbolchi allaqachon Franciya terma jamoasi joylashgan hududga etib kelgan.
Eslatib o'tamiz, francuzlar 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralash doirasida Bosniya va Gercegovina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan. SHuningdek, ushbu hafta davomida Franciya Ukraina va Finlyandiya terma jamoalari bilan o'ynaydi.
Fikrlar