Neymarning otasi hujumchi JCH-2022 finaliga qadar tiklanishini aytdi
02 dek 2022 22:50
Yangiliklar
Neymarning otasi hujumchi JCH-2022 finaliga qadar tiklanishini aytdi
Braziliyalik hujumchi Neymar Serbiyaga qarshi jahon chempionatidagi ilk o'yinda to'pig'idan jarohat olgandi.
Futbolchining tiklanishi kutilganidan ham uzoq davom etishi mumkin. Braziliyalik futbolchining otasi Neymar jahon chempionati finaligacha tuzalishini aytdi.
Braziliya terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 final bosqichiga yo'llanmani rasmiylashtirib bo'ldi. Tite shogirdlarining pley-offdagi ilk raqibi birozdan so'ng malum bo'ladi.
Avvalroq Neymarning chorak finalgacha tiklanishi mumkinligi haqida malumot paydo bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati finali 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar