Neymarning jarohatiga oydinlik kiritildi. U MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
24 jan 2019 10:53
Yangiliklar
Neymarning jarohatiga oydinlik kiritildi. U MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
PSJ hujumchisi Neymarning jarohati tafsilotlari malum qilindi.
Braziliyalik futbolchi Franciya kubogi doirasida "Strasbur"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etdi.
"Ilk tekshiruv hulosalariga ko'ra, uning o'ng oyog'i kichik barmog'i suyagining yuqori sohasi jarohatlanganligini tasdiqlamoqda. Futbolchining yaqin vaqtlardagi tiklanishiga qarab uni davolaymiz. Barcha terapevtik davolanish variantlarini qo'llaymiz", - deb yoziladi bayonotda.
Uning safga qaytishi uchun 20 kun ketishi kutilmoqda. 12 fevral kuni jamoa ECHLning 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar