Neymarning agenti futbolchining kelajagi haqidagi savolga javob berdi
18 noy 08:17
Yangiliklar
Neymarning agenti futbolchining kelajagi haqidagi savolga javob berdi
Al Hilol futbolchisi Neymarning agenti Pini Zaxavi braziliyalikning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Neymarning «Al Hilol»dan ketishi haqida hech qanday muzokaralar olib borilmadi. Uning saudiyaliklar bilan shartnomasi bor va u bu erda baxtli. Neymarning kelajagi borasida men va uning otasi aniq malumotga ega insonlarmiz. Uning «Santos»ga o'tishi haqida gap-so'zlar qaerdan chiqqanini bilmayman. Nemyar «Al Hilol»da qoladi», — deb fikr bildirdi Zaxavi.
Eslatib o'tamiz, Neymar 2023 yilning yozida «Al Hilol»ga ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar
Неймар "Сантос" билан келишувга эришди ва "Ал Ҳилол" билан шартномани бекор қилишни муҳокама қилмоқда