Neymardan qoyilmaqom natija
10 iyu 2018 22:45
Yangiliklar


Neymardan qoyilmaqom natija
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jarohatdan so'ng o'tgan haftada maydonga qaytdi va ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urdi.
26 yoshli futbolchi Avstriya termasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini (3:0) boshlang'ich tarkida boshlab, bitta gol urishga erishdi.
O'tgan yakshanba kuni Xorvatiya bilan o'rtoqlik o'yinida (2:0) ham Neymar gol urgan edi.
Bugungi gol esa Neymarning Braziliya termasi safidagi 85 o'yinda 55-goli bo'ldi. U bu borada Romarioga (70 o'yinda 55 gol) etib oldi. Undan faqat Ronaldo (62) va Pele (77) ko'p gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar