Neymar urgan muxlis futbolchi bilan uchrashmoqchi
04 may 2019 14:05
Yangiliklar


Neymar urgan muxlis futbolchi bilan uchrashmoqchi
"Renn"ga qarshi Franciya Kubogi finalidan so'ng PSJ forvardi Neymardan zarba qabul qilib olgan muxlis futbolchi bilan uchrashmoqchi ekanligi haqida aytdi.
"So'zlarimdan afsusdaman, ammo bu provokaciya bo'lmagan. Futbol bu shunday sport turiki, unda 40 ming kishi bir yarim soat davomida futbolchilarni tinimsiz haqorat qiladi. Neymar bunday javob qaytarmasligi kerak edi. U professional, braziliyalik kameralar nigohiga ko'nikib qolgan. Men u bilan uchrashib, kechirim so'rashni va bir-birimizni qo'limizni siqib qo'yishni istardim" - deydi muxlis.
Eslatib o'tamiz, Franciya Kubogi final bahsidan so'ng Neymar tribunaga ko'tarilayotganda muxlisga zarba bergan edi. Keyinroq ishqiboz futbolchini haqorat qilgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar