Neymar Sochi sohilidan surat qo'ydi FOTO

Aziz Tukhtamuradov
12 iyun 2018, 00:34
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar o'zining “Instagram”dagi sahifasiga Sochi sohilida tushgan suratini joyladi.

PSJ hujumchisi qo'ygan suratda terma jamoa himoyachisi Filipe Luis ham bor. Kecha, 11 iyun kuni Braziliya terma jamoasi delegaciyasi mundialda qatnashish maqsadida Rossiyaga yetib kelgandi.

Neymar va uning jamoadoshlari bugun, 12 iyun kuni Sochidagi “Yug-sport” stadionida muxlislar uchun ochiq mashg'ulot o'tkazishadi. Braziliya 17 iyun kuni Rostov-na-Donu shahrida guruhning ilk o'yinida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif