Neymar "Santos" bilan kelishuvga erishdi va "Al Hilol" bilan shartnomani bekor qilishni muhokama qilmoqda
17 noy 20:55
Yangiliklar
Neymar "Santos" bilan kelishuvga erishdi va "Al Hilol" bilan shartnomani bekor qilishni muhokama qilmoqda
Neymar "Santos"ga qaytishga yaqin.
Jurnalist Sesar Luis Merloning xabariga ko'ra, forvard o'zining professional faoliyatidagi ilk klubga qaytishga tayyor. Tomonlar kelishuvga erishib bo'lishgan.
Hozirda "Al Hilol" bilan shartnomani bekor qilish ishlari ketmoqda. Qaytish haqida Braziliya ikkinchi ligasi mavsumi yakunlanishi bilan elon qilishmoqchi. Turnirda g'olib chiqib bo'lgan "Santos" so'nggi o'yinini 25 noyabr kuni o'tkazadi.
Neymar Saudiya Arabistonida bir yildan oshiq vaqt davomida atigi uchta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar