Neymar "Real"ga qarshi bahsda butsa almashtirganini sezdingizmi? (+FOTO)
16 fev 2018 12:02
Yangiliklar
Neymar "Real"ga qarshi bahsda butsa almashtirganini sezdingizmi? (+FOTO)
CHempionlar ligasi 1/8 final ilk bahsida PSJ mehmonda "Real"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'sha uchrashuvda parijliklar hujumchisi Neymarning butsasiga nimadir bo'ldi. 20-daqiqada u zaxiradagilar oldiga kelib, oyoq kiyimini almashtirdi.

Neymar Madriddagi bahsni Nike Mercurial Vapor 360 nomli butsalarda boshlagan edi. Ushbu butsa modeli bir necha kun oldin Londonda taqdim etilgan.

Yangi modeldagi oyoq kiyim unga noqulaylik tug'dirdi shekilli, Neymar avval foydalangan Nike Mercurial Puro Fenomeno butsasini kiyib oldi.

Ammo bu butsa ham Neymarga yordam bermadi. Braziliyalik forvard javob uchrashuvida yana bir bor gol urishga urinib ko'radi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar