Neymar: "Pul tufayli PSJga o'tganim yo'q"
04 avg 2017 17:45
Yangiliklar
Neymar: "Pul tufayli PSJga o'tganim yo'q"
"Yangi chaqiruvdan xursandman. Parij - ajoyib shahar. Hozir his qilayotganimni tasvirlab berish qiyin. Yangi chaqiruvga muhtoj edim va shu narsa meni bu erga olib keldi. Bu o'zimni "Barselona"da yulduzdek his qilmaganimga bog'liq emas. O'zimni yaxshi his qilganman.
Yuragim PSJ bilan shartnoma tuzishni aytdi va buni bajardim. Bu eng qiyin qarorlarimdan biri. "Barselona"dek yirik klubda o'ynar edim. U erda ko'p do'stlarim qoldi, ammo bu futbol. Hammaga rahmat aytmoqchiman. SHunchaki ketadigan vaqt kelganini his qildim.
PSJda o'zimni uydagidek his qilyapman. Bu erda meni kelishimdan xursand bo'ladigan do'stlarim bor. Ammo bu qarorimga tasir ko'rsatgani yo'q.
Agar ertaga o'ynash imkoniyat bo'lsa, nima qilaman? Tayyorman. "Barselona" muxlislariga nima demoqchiman? Qo'llab-quvvatlashingiz uchun rahmat.
Pul tufayli PSJga o'tganim yo'q" - deydi Neymar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar