Neymar nima uchun penaltini tepganiga oydinlik kiritdi
28 jan 2018 01:28
Yangiliklar
Neymar nima uchun penaltini tepganiga oydinlik kiritdi
“PSJ” hujumchisi Neymar Franciya chempionatining 23-turida “Monpele” ustidan (4:0) qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Braziliyalik futbolchi uchrashuvning birinchi bo'limi oxirlarida penaltini aniq amalga oshirib, “PSJ”ning “Park de Prens” stadionidagi 2000-goliga mualliflik qildi. Bellashuvning 82-daqiqasida u ikkinchi bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.
“Men xursandman, biz g'alaba qozondik, bu muhim. O'ylashimcha, yaxshi o'yin o'tkazdik. Men bu erda baxtliman, bu erga jamoaning tarixini yaratishga kelganman.
Penalti? Murabbiy o'yindan oldin penaltini men tepishim kerakligini aytdi. SHu sabab Kavani bilan o'rtamizda bu borada hech qanday muammo yo'q”, deya Neymarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda L'Equipe nashri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar