Neymar mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2022, 12:30
PSJ forvardi Neymar jarohatidan forig' bo'ldi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi jamoa bilan mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Biroq uning 31 yanvar kuni "Nicca"ga qarshi o'yinda qatnashishi so'roq ostida bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Neymar noyabr oyidan buyon jarohati sababli maydonga tushgani yo'q. Futbolchi YCHL doirasida "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etishni istamoqda.

Ushbu mavsumda Neymar 14 o'yinda qatnashib, 3 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside