Neymar: "Kazemiro allaqachon dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisiga aylanib bo'lgan"
29 noy 2022 18:19
Yangiliklar


Neymar: "Kazemiro allaqachon dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisiga aylanib bo'lgan"
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JCH-2022 guruh bosqichida SHveycariya ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)da Kazemironing hissasini yuqori baholadi.
"Kazemiro allaqachon dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisiga aylanib bo'lgan", – deb yozadi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda.
Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 17 ta o'yinga etkazib olib, musobaqa rekordini o'rnatdi.
Braziliya "G" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Braziliyaliklar pley-offning ikkinchi ishtirokchisiga aylanishdi, avvalroq franciyaliklar joriy turnirning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar