Neymar jarohat oldi
04 fev 2020 08:05
Yangiliklar
PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar jarohat sabab 4 fevralda bo'lib o'tadigan “Nant”ga qarshi Liga 1 23-turidan o'rin olgan bahsni o'tkazib yuboradi. Avvalroq futbolchining “Monpele”ga qarshi bahsdan so'ng tug'ilgan kunidan oldingi bayram kechasini o'tkazgani va unda tizzasini jarohatlab olgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 22-tur bahsida zaxiraga olinganidan norozi bo'lgan Kilian Mbappe esa “Nant”ga qarshi o'yin qaydnomasidan o'rin olgan.
Ushbu mavsumda 27 yoshli Neymar PSJ tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va 10 bora gollarga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar