So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Neymar: Futzal – futbolchi hayotining ajralmas qismi Yangiliklar

Neymar: Futzal – futbolchi hayotining ajralmas qismi

Xabaringiz bor, Kolumbiya-2016 futzal mundiali o'zining yakuniy bosqichiga keldi.

Balki shu boisdandir, FourFourTwo jurnali Barselona klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymardan aynan futzalga muhabbati xususida intervyu oldi. U suhbat chog'i shuningdek, ko'cha futboliga ijobiy qarashini bildirib, faoliyatining ilk qismi - Santosdagi o'yinlarini esga oldi.

- Aytingchi, ko'cha futboli tajribasi professional faoliyatingizda nechog'li qo'l kelmoqda?

- Alohida takidlashim joiz, aynan ko'cha futbolida tez o'ynash, brazilchasiga harakatlanishni o'rganganman. Esimda, bolaligimda har kuni uyqudan turiboq ko'chada o'ynashga oshiqardim, biroq maktabga borishim zarur edi. Uyga qaytgach esa, darhol to'pni qo'lga olib, chiqib ketardim. Xullas, do'stlarimiz bilan qorong'u tushgunicha to'p ortidan yugurardik. Eng qizig'i, qancha o'ynasakda, charchoqni bilmasdik. CHunonchi, o'sha payt shaxsan meni boshqa hech narsa qiziqtirmasdi.

- Keyinchalik murabbiylaringiz ko'chada futbol o'ynashingizga qarshilik qilishmaganmi?


- Ular jarohatlanib, mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishim mumkinligidan cho'chib turishardi. Biroq o'ynash imkoniyati tug'ilsa, o'zimni sira to'xtatolmasdim!

- Umuman, professional futbolchi sifatida shakllanishingizda qaysi murabbiy kuchliroq tasir o'tkazganini ayta olasizmi?


- Bu borada omadim chopgan. CHunki ko'plab ustozlar qo'l ostida shug'ullanib, ular yordamida o'yinning turli jihatlarini rivojlantirganman. To'g'ri, faoliyatimda alohida o'rin tutadigan murabbiy ham bor - Lima (Braziliya termasi, Santos va Fluminense klublari sobiq futbolchisi). O'smirlik chog'i aynan uning rahbarligida shug'ullanganman va o'rtamizda juda iliq munosabatlar shakllangan.

- Santosda professional debyutingizni 17 yoshda nishonlagansiz. Ilk o'yinni qanday xotirlaysiz - stadionga tushganingizdan so'ng muxlislar ismingizni aytib, kuylashganida, nimalarni his qilgansiz?


- Ochig'i, o'shanda qanday yo'l tutishni ham bilolmay qolganman: kulaymi, qarsak chalaymi, qo'limni ko'tarib salom yo'llaymi yoki shunchaki, jiddiylikni saqlab turay... Har holda, bunday yoshda hammasi o'ta murakkab ko'rinadi. Lekin eng muhimi shuki, maydonga tushgan edim va o'ylashimcha, chakki o'ynamaganman.

- Sir emas, texnik qobiliyatingiz o'ta baland. Bunchalik engil harakatlar siri nima?

- Bu masalada futzalning o'rni beqiyos. Futbolning ushbu turida talablar o'ta katta. SHunga yarasha, zaldagi o'yinlar orqali texnik iqtidoringizni mukammallashtirishingiz mumkin. Futzal shuning barobarida tez fikrlash va cheklangan hududda turli fintlar bajarishni o'rgatadi. SHaxsiy qarashim bo'yicha aytsam, futzal futbolchi hayotining ajralmas qismi hisoblanadi.

- Buni qanday tushunish kerak?


- Futzalda barchasini o'ta tez amalga oshirish talab etiladi. Fikrlash yoki harakatlanishda bir soniya kechiksang tamom, to'pni yo'qotasan. Xullas, bu serharakat o'yin. Qaytaraman, futzal shaxsan menga katta naf bergan. O'zi zalda o'ynash jonu dilim edi. Biroq katta futboldagi mashg'ulotlar 13-14 yoshimda bunga chek qo'yishimni taqozo etgandi.

- Endi o'sha davrga bog'liq eng yoqimli xotiralaringizdan birini aytib bersangiz...


- Haligacha esimdan chiqmaydi, ilk individual sovrinni atigi 7 yoshimda qo'lga kiritgandim - bunaqasi har qanday bola uchun unutilmas voqelik bo'lishi tayin. SHuningdek, Portugezadagi birinchi o'yinim ham xotiramda abadiy muhrlangan. O'shanda biz futzal bo'yicha turnirda 3-o'rinni band etgandik. Aytgancha, men naq  23ta gol urgandim.

- Futzaldan futbolga o'tish qi-yinchilik tug'dirmaganmi?


- Unchalik emas. CHunki 11 yoshimda futbol bilan shug'ullana boshlagandim. 14 yoshgacha har ikkisini teng olib borganman. Futbol yoki futzalni tanlash fursati kelganida esa, hech ikkilanmay, birinchisini maqul ko'rgandim. Otam doimo futzaldagi o'yinlarimni kuzatib borib, garchi juda yosh bo'lsamda, nimalarnidir tushuntirishga urinardi. Umuman, u mening ishlarimni to'liq nazorat qilardi.

- Kimni asosiy kumiringiz sifatida ko'rsatasiz?


Intervyuning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика