Neymar Evropada saylovchi maqomini olmagani bois Braziliya prezidentlik saylovida ovoz bermadi
03 okt 2022 18:41
Yangiliklar


Neymar Evropada saylovchi maqomini olmagani bois Braziliya prezidentlik saylovida ovoz bermadi
Neymar Braziliyadagi prezidentlik saylovlarida ovoz bera olmadi.
Ovoz berish kecha, 2 oktyabr kuni bo'lib o'tdi. Eng ko'p ovozni Luis Inasiu "Lula"da Silva (48,4 %) va amaldagi prezident Jair Bolsonaru (43,2 %) olgan. Ular 30 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan saylovning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Neymar uning saylovoldi kampaniyasi ohangiga raqsga tushib, Bolsonaruni qo'llab-quvvatlagan edi.
Biroq futbolchining o'zi ovoz berishda qatnasha olmadi, deb xabar berdi "El Mundo". PSJ forvardi Parijda "saylovchi maqomi"ni olishi kerak edi, biroq u Braziliyadan Evropaga ko'chib o'tganidan beri (u 2013-yilda "Santos"dan "Barselona"ga o'tgan) kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmadi. SHuning uchun futbolchi faqat San-Paulu shtatidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin xolos.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar