Neymar: "Bu sharmandalik!"
07 mar 2019 05:02
Yangiliklar


Neymar: "Bu sharmandalik!"
PSJ hujumchisi Neymar MYUga qarshi o'yinning 90-daqiqasida parijliklar darvozasi tomon penalti belgilagan sloveniyalik hakamni tanqid qildi.
"Bu sharmandalik! Futbolni tushunmaydigan to'rt nafar hakamni o'yinga qo'yishgan, videotakrorni ko'rib ham tushunmaydigan.
Hech nima bo'lmadi. O'yinchi (Kimpembe) qanday qilib qo'lini olib qolishi mumkin?", - deb yozdi MYUga qarshi har ikki o'yinni o'tkazib yuborgan Neymar o'zining instagramdagi "tarixiga".
Eslatib o'tamiz, uchrashuv bosh hakami Damir Skomina 90-daqiqada VAR tizimiga murojaat qildi va videotakrorlarni ko'rganidan so'ng to'p Presnel Kimpembening qo'liga tegdi deb topgan holda PSJ darvozasiga penalti belgiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar