Neymar: "Bu "Barselona"dagi eng yaxshi mavsumim"
16 may 2017 21:26
Yangiliklar
Neymar: "Bu "Barselona"dagi eng yaxshi mavsumim"
"Barselona" hujumchisi Neymar joriy mavsum uning Kataloniya klubidagi eng yaxshi mavsumi bo'lganini aytib o'tdi.
"Men uchun bu ajoyib mavsum bo'ldi. O'ylashimcha, bu "Barselona"ga kelganimdan keyingi eng yaxshi mavsumim. Yangi darajaga chiqdimmi, yo'qmi bilmayman. Maydonda bo'lganingda bu haqda o'ylash qiyin. Mening jamoadagi rolim birinchi kundan hozirga qadar o'zgarmagan. Men istaydigan yagona narsa - dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan o'ynash. Hammadan eng zo'ri esa - Leo Messi. Men eng yaxshi bo'lishni orzu qilaman. O'ylashimcha, buni uddalay olaman, faqat keyinroq. Men shoshmayman. Barcha o'yinchilar "Oltin to'p" haqida orzu qilishadi. Men bir kun bu sovrinni qo'lga kiritishga umid qilaman", - dedi Neymar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar