Nevill: "Pogba boshqa joyda o'ynashni istayotgan bo'lsa, MYU ham usiz o'ynay oladi"

Mirjalol Normatov
23 dek 2019, 19:28
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill xavbek Pol Pogbaning kelajagi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Pogba gollar urishi, sheriklariga ajoyib ravishda golli paslar oshirib berishi mumkin. Biroq har haftada Sulshyerdan Pogbaning kelajagi borasida so'rashadi. Shu boisdan Pol ketishi yoki qolishi borasida bir qarorga kelishi kerak.

Jamoa usiz ham o'ynamoqda. Klubga jamoada qolishni istayotgan futbolchilar kerak. Menimcha, Sulsher to'g'ri yo'l tutmoqda. U ham Pogbaning qolishini istamoqda.

Agarda Sulsher: "Yo'q, Pogbaning kelajagi bu yerda emas", desa, futbolchining qadri keskin tushib ketadi. Fikrimcha, Pogba boshqa joyda o'ynashni istamoqda. Agarda shunday bo'lsa, MYU usiz ham o'ynashni o'rganib olgan", - dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports