Nevill: "Manchester Yunayted" Pogbani jamoada ushlab qolishi kerak emas"

25 iyun 2019, 21:10
"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi Gari Nevill fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba haqida fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted" Pogbani jamoada ushlab qolishi kerak emas. Ha, u maydonga tushsa, MYU kuchliroq o'ynaydi. Ammo, futbolchi "Yunayted" uchun o'ynashni xohlamasa, klub u istayotgan va intilayotgan jamoaga aylanib borishi kerak.

Boshqa futbolchilar haqida ma'lumotga ega emasman. Pogbadan boshqa yo'qotishlar bo'lishi ham mumkin. Biroq, o'yinchini sotishdan avval uning o'ringa yangi futbolchi xarid qilish zarur", - deydi Nevill.

Pogbaning MYU bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar amal qiladi. Unga PSJ, "Real" va "Yuventus" klublaridan qiziqish bo'layotgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com