Nepomnyashiy Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladimi?

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2015, 15:52
Moskva futbol federatsiyasi rahbari Sergey Anoxin RFI ijroyi qo'mitasi Rossiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy qidirilayotgani haqida xabar qildi.
Evgeniy Giner bosh murabbiy lavozimiga Valeriy Nepomnyashiyni tavsiya qildi, - deydi Anoxin.

Eslatib o'tamiz, anchadan buyon Fabio Kapello bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokara o'tkazilayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Valeriy Nepomnyashiy o'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sovsport.ru